Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Kluge koronavirusning mutasiyaga uchragan variantlarining tarqalishi yangi pandemiya boshlanishiga olib kelmasligiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Mutaxassisning ta`kidlashicha, koronavirusning yangi shtammlari paydo bo`lishi bu yuqumli kasallik hali ham insoniyat bilan "urishayotgani" ni anglatadi. Biroq, Kluge bu inson tanasi moslashadigan har qanday patogen uchun normal rivojlanish ekanligini ta`kidladi.
"Bu yangi pandemiyaning boshlanishi emas, lekin, albatta, biz juda hushyor bo`lishimiz kerak",–deydi JSST vakili.
Uning so`zlariga ko`ra, hushyorlik zarur, chunki yangi shtammlar qayta yuqtirishga va virusning butun dunyoga tez tarqalishiga olib kelishi mumkin, bu esa bir necha davlatlarning sog`liqni saqlash tizimlariga katta ta`sir qiladi va, ehtimol, o`limning ko`payishiga olib keladi. Bundan tashqari, mutaxassisning fikriga ko`ra, koronavirusdagi mutasiyalar vaksinalarning samaradorligiga ta`sir qilishi mumkin.
Kluge 2021 yilni COVID-19 ning yana bir yili sifatida qabul qilishga chaqirdi, ammo "bizni hayratda qoldirgan" 2020 yildan farqli o`laroq, bu ko`proq boshqariladigan bo`ladi, chunki virusga ta`sir qilish vositalari, shu jumladan vaksinalar bor.
2020 yil dekabr oyining o`rtalarida Buyuk Britaniya yangi koronavirus turini kashf etganligini e`lon qildi. Bundan tashqari, 9 fevral kuni mutaxassislar qirollikda yana ikkita yangi COVID-19 mutasiyasini aniqlagani ma`lum bo`ldi.