1

«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining teleekranlarda qachon namoyish etilishi ma`lum qilindi

Madaniyat 12.02.2021, 14:21
«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining teleekranlarda qachon namoyish etilishi ma`lum qilindi

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta`minlash bo`yicha komissiyasi a`zosi Saida Mirziyoeva 14 fevral 20:30 da Milliy telekanalida «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining namoyishi boshlanishini ma`lum qildi. 

" - Turk hamkasblarimiz bilan hamkorlikda suratga olingan ushbu serial taqdimoti 2020 yil 4 oktyabrda o`tkazilgan edi.  

Film real tarixiy voqealar asosida mualliflarning badiiy talqini bilan boyitilgan.  Unda so`nggi xorazmshoh, sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayoti va kurash yo`li aks ettiriladi.

Ajoyib ssenariy, aktyorlarning betakror ijrosi... Serial birinchi daqiqalaridan oxirigi qismigacha tomoshabinni o`ziga jalb qiladi. Va eng muhimi, o`lkamiz tarixi haqida kinoning barcha uchun tushunarli va rang-barang tilida  hikoya qiladi.  

Ko`ring, tavsiya qilaman!", - deydi Saida Mirziyoeva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1