1

Ishsizlik nafaqasi kimlarga to`lanadi?

Savol-javob 10.02.2016, 13:10
Ishsizlik nafaqasi kimlarga to`lanadi?

«Bugungi kunda ishsizlik nafaqasi kimlarga, qanday asos bo`yicha to`lanadi?»
G. Ochilov, Qarshi.

Savolga O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshqarma boshlig`i B.Sharapov javob beradi:

- Qaramog`ida uchtadan kam odam bo`lgan 35 yoshgacha bo`lgan ishsiz erkaklarga pul to`lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinishi sharti bilan O`zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda to`lanadi. Bunday nafaqa mahalliy ishga joylashtirish organida ro`yxatga olingan kundan boshlab hisoblanadi.

Ishsizlik nafaqasi:

-ishini yoki daromad manbaini yo`qotgan yoki uzoq vaqt (bir yildan ko`proq) tanaffusdan so`ng mehnat faoliyatini tiklashga harakat qilayotganlarda 12 oylik vaqt davomida 26 kalendar haftasidan kam bo`lmagan muddatda;

-ilgari ishldamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga 12 oylik vaqt davomida 13 kalendar haftasidan kam bo`lmagan muddatda to`lanadi.

Ishsizlik nafaqasini olish muddatida shaxs doimo ish qidirishi kamida ikki haftada bir marta mahalliy mehnat organida qayddan o`tib turishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1