AsosiySport

Aziz Abduhakimov: «Sportchilarimiz Tokio-2020 olimpiadasida munosib ishtirok etishlari uchun ularga motivasiya berish kerak»

'Aziz Abduhakimov: «Sportchilarimiz Tokio-2020 olimpiadasida munosib ishtirok etishlari uchun ularga motivasiya berish kerak»'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o`tgan uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

«Mamlakatimiz sport delegasiyasi shu kunga qadar Tokio yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga jami 42 ta lisenziyani qo`lga kiritgan. Prezidentimiz va Hukumat tomonidan sportni rivojlantirishga bugungidek yuksak e`tibor qaratilayotgan bir paytda bu ko`rsatkich kam, albatta. Hozirda atletlarimiz yana 68 ta lisenziya uchun kurash olib borishmoqda. O`zbekiston sport delegasiyasi umumiy hisobda Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga 110 ta lisenziyani qo`lga kiritishni maqsad qilgan va buning uchun imkoniyatlar etarli», - degan Aziz Abduhakimov yig`ilishda.

 Olimpiya sport turlari bo`yicha milliy terma jamoalarimiz joriy yilning 25 iyunigacha 20 ta sport turi bo`yicha 49 xalqaro lisenzion musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yig`ilishda Aziz Abduhakimov barcha viloyatlarning turizm va sport masalalari bo`yicha maslahatchilariga Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga yo`llanma olgan hamda lisenziyalar uchun kurash olib borayotgan har bir sportchining ijtimoiy holidan doimiy ravishda xabar olib turish, ularning muammolarini jiddiy o`rganish va joyida hal qilish bo`yicha aniq topshiriqlar berdi, bu ularning nufuzli sport musobaqasiga yanada yaxshi tayyorgarlik ko`rishi uchun motivasiya bo`lishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar