Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada damaschilar va taksichilar urishib ketdi” sarlavhali videolavha tarqalgan edi.
Shundan so`ng mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o`tkazishga kirishilganligi to`g`risida xabar qilingan edi. Ayni paytda viloyat IIB Axborot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, holat yuzasidan shu kunning o`zida Farg`ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergovga kirishildi.
Mazkur jinoyat ishi doirasida fuqaro I.Sh. prosessual tartibda ushlangan bo`lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko`rilmoqda.
Tergov harakatlari davomida ishga aloqador bo`lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.
Tergov harakatlari yakuniga ko`ra, qo`shimcha xabar beriladi, deyiladi xabarda.






