AsosiySport

O`zbek futbolida yana bir transfer: Jasur Yaxshiboev Polsha chempioni «Legiya» safida 7-raqamda to`p suradi

'O`zbek futbolida yana bir transfer: Jasur Yaxshiboev Polsha chempioni «Legiya» safida 7-raqamda to`p suradi'ning rasmi

O`zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Yaxshiboev 2021 yilgi mavsumni Polsha chempionatida o`tkazadigan bo`ldi.

«Legiya» klubi o`zbekistonlik 23 yoshli yarimhimoyachi bilan kelishuvga erishilgani haqida rasman e`lon qildi. Yaxshiboev Polshaning 14 karra chempioni bilan 2023 yilning 30 iyul kuniga qadar shartnoma imzoladi. Kelishuv tomonlarning roziligi bilan yana uzaytirilishi mumkin. Yaxshiboev «Legiya» safida 7-raqamda to`p suradigan bo`ldi.

«Legiya» haqida internet orqali ma`lumotlar oldim va jamoaning Chempionlar ligasida o`ynaganini Youtube’ tarmog`i orqali tomosha qilib, bildim. O`tgan mavsumda Belarus chempionatida o`ynab, o`zimga bo`lgan ishonch ortdi. «Legiya» ajoyib muxlislarga ega ekanligidan xabarim bor», - deydi Yaxshiboev klub rasmiy saytiga.

Poytaxt Varshava klubi Polsha chempionati joriy mavsumida 16-turdan keyin 32 ochko bilan 2-o`rinda bormoqda. Ushbu jamoa mamlakatning amaldagi chempioni sanaladi.

Ma`lumot uchun, «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalmish Jasur Yaxshiboev O`zbekiston milliy jamoasi safida uchta o`yinda maydonga tushgan.

Eslatib o`tamiz, Jasur Yaxshiboev o`tgan mavsumda Soligorskning «Shaxtyor» klubi bilan chempionlikka erishib, jamoani erkin agent sifatida tark etgandi. U Belarus chempionatida 27 o`yinda 16ta golga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar