Britaniyada koronavirusning 10ta davlatda, jumladan, Daniya, Avstraliya va AQShda tarqalishga ulgurgan yangi mutasiyasi aniqlandi. Olimlarni yangi mutasiya virusni antitanalarga nisbatan bardoshliroq qiladigan xususiyatga egaligi tashvishlantirmoqda.
Yangi shtamm B1525 deb nom olgan. Edinburglik mutaxassislar ushbu shtammni Daniya, Britaniya, Nigeriya, AQSh, Fransiya, Gana, Kanada, Avstraliya, Iordaniya va Ispaniyada olingan namunalarni tahlil qilish yordamida aniqlashgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu shtamm bilan ilk kasallanish holatlari 2020 yil dekabr oyiga to`g`ri kelmoqda.






