18-21 fevral kunlari Chernogoriyada boks bo`yicha yoshlar o`rtasida xalqaro musobaqa bo`lib o`tadi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining ma`lum qilishicha, 2002-2003 yillarda tug`ilgan yoshlar o`rtasida kechadigan turnirda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.
Kecha yigitlar, bugun tongda esa qizlardan iborat jamoa Istanbul orqali Cheronogoriya safariga yo`l olishdi. Ta`kidlash joiz, mazkur turnir aprel oyida Polshada o`tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi. Vakillarimiz musobaqaga quyidagi tarkibda yo`l olishdi:
O`g`il bolalar:
-49 kg: Ibrohim Ishjanov
-52 kg: Shahzod Muzaffarov
-56 kg: Dilshod Abdumurodov
-56 kg: Fayzullo Xudoyberdiev
-60 kg: Aydos Togaybaev
-64 kg: Ahmadjon Ahmedov
-64 kg: Lazizbek Fattoev
-69 kg: A`loxon Abdullaev
-69 kg: Sirojiddin Xojahmetov
-75 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: Login Petrov
-81 kg: Shohjahon Abdullaev
-91 kg: Amirshoh Samadov
+91 kg: Jahongir Zokirov

Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-51 kg: Feruza Kazakova
-51 kg: Sabina Boboqulova
-57 kg: Nigina O`ktamova
-60 kg: Sevara Ashurova
-64 kg: Gulshoda Istamova
-69 kg: Sevinchxon Mirxonjonova
-75 kg: Sohiba Ro`zmetova
Murabbiylar: Xamid Tangribergenov, Adiz Sharipov, Ruslan Telimbaev, Temur Axbaev, Ma`ruf Ahmedov.
Shuningdek, mazkur musobaqada hamyurtimiz Aleksandr Hamidov hakam sifatida faoliyat olib boradi.






