1

“O`zbekkino” Rossiya hamkorlik fondi bilan kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish bo`yicha kelishuvga erishdi

Madaniyat 16.02.2021, 13:49
“O`zbekkino” Rossiya hamkorlik fondi bilan kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish bo`yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Milliy agentligida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi masalalari bo`yicha Rossiya hamkorlik fondining O`zbekiston bo`yicha vakillik rahbari Mixail Vojdaev  bilan 30 nafar yoshlarning Butunrossiya Davlat kinematografiya institutida o`qitish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tgan.  

“O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va Rossiya hamkorlik fondi o`zbekistonlik yosh kinoijodkorlarni VGIKda o`qishini hamkorlikda moliyalashtirish, ularni qo`llab-quvvatlash va kinematografiya sohasidagi boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilishgan.

2020 yilda 7 nafar o`zbekistonlik yoshlarni o`qitish bo`yicha ham fond bilan hamkorlik qilingan. Navbatdagi o`quv yilidan O`zbekistonlik iqtidorli yoshlarning 30 nafarini Rossiyaning Butunrossiya Davlat kinematografiya institutida o`qish xarajatlarining Rossiya hamkorlik fondi tomonidan moliyalashtirilishi bo`yicha kelishuvga erishildi.  

Ushbu 30 nafar yoshlarning 25 nafari Rossiyada xizmat ko`rsatgan o`zbek aktyori Farhod Mahmudovning ijodiy ustaxonasida ta`lim olishi belgilangan. Ta`lim olish talablariga ko`ra nomzodlar rus tilini bilishlari belgilab qo`yilgani sababli iqtidorli yoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida, saralab olingan nomzodlarga rus tilini o`rganishlari uchun o`quv kurslari tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Aytib o`tish joizki, mazkur oliy ta`lim muassasasi kinematografchilarni etishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli ta`lim dargohlaridan biri bo`lib, o`zbek kinosining etuk arboblari ham ushbu oliygohda ta`lim olishgan. Ammo oxirgi yillarda ushbu ta`lim muassasasi bilan aloqalar bir muddat uzilib qolgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1