Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 fevral holatiga respublikamizda ro`yxatdan o`tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12,5 mingtani tashkil etib, ulardan 11,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 113 ta
Xitoy – 1 812 ta
Turkiya – 1 611 ta
Qozog`iston – 926 ta
Koreya – 893 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
🇷🇺 Rossiya – 21 ta
🇨🇳 Xitoy – 17 ta
🇹🇷 Turkiya – 34 ta
🇰🇿 Qozog`iston – 10 ta
🇰🇷 Koreya – 9 ta