1

“Xasis baqqol” multfilmi xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlanmoqda

Madaniyat 17.02.2021, 15:18
“Xasis baqqol” multfilmi xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlanmoqda

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Astir animation studio" MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Xasis baqqol” animasion filmi ustida xorijlik mutaxassislar ham ish olib bormoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Bu haqda postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov shunday deydi: “Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy asari asosida yaratilayotgan “Xasis baqqol” animasion filmi ustida ish jarayonlari davom etmoqda. Ushbu multfilmning tayyorlanishiga o`zbek  animatorlari bilan birga 25 nafar xorijlik mutaxassislar ham jalb qilingan. Mazkur tashabbus professional darajada ishlash, tajriba almashish, chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish uchun katta zamin yaratmoqda. Animasion film 1 iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan jajji tomoshabinlarga bayram sovg`asi sifatida premera qilinadi!”

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1