Bosh hakamga oyog`i bilan zarba bergan «Neftchi» futbolchisi Jamshid To`raqulov ozodlikka chiqdi
Jamshid To`raqulov Pro-Liga 20-turidan o`rin olgan «Neftchi» – «Turon» o`yini tugagach, bosh hakam Shavkat Nasibullaevga oyog`ining tag qismi bilan zarba bergan edi.
«Neftchi» klubi a`zolari Jamshid To`raqulov va Doston Toshmatov uchrashuvidan keyin boshlangan ommaviy janjalda ishtirok etgani uchun uchrashuvdan keyin Farg`ona shahar Ichki ishlar boshqarmasiga olib ketilgandi.
Shuningdek, «Neftchi» – «Turon» o`yinidagi tartibsizlikdan so`ng 5 kishi 15 sutkaga qamalgan va 6 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgandi.
Keyinchalik O`FA etika qo`mitasi «Neftchi» klubini uchta o`yinni muxlislarsiz o`tkazish va 100 million so`m miqdoridagi jarima bilan jazoladi. Jamoaning ko`plab a`zolari diskvalifikasiya qilingandi, Jamshid To`raqulov esa 10 yilga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlatilgan edi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq hakamni tepgan ”Neftchi" futbolchisining ota-onasi yig`lab xalqqa va prezidentga murojaat qilgan edi.