AsosiyDunyo

AQShda samolyot parvoz vaqtida yonib qulay boshladi, ammo...

'AQShda samolyot parvoz vaqtida yonib qulay boshladi, ammo...'ning rasmi

Amerikaning Kolorado shtatidagi Brumfild shahrida Boeing 777 dvigatelining qoldiqlari xususiy turar-joy binolari ustiga tushdi.

Tafsilotlar: United Airlines aviakompaniyasining samolyoti 20-fevral kuni kechqurun Denverdan havoga ko`tarilib, Gavayi shtatining Honolulu tomon yo`l olgan. Ammo havoga ko`tarilgandan so`ng darhol uning o`ng dvigateli yonib uning ba`zi qismlari erga tushib ketdi.

AQSh Federal aviasiya ma`muriyati samolyot Denver aeroportiga muvaffaqiyatli qaytib kelganini ma`lum qildi. Samolyot bortida 241 kishi bo`lgan.

Shtat polisiyasi mahalliy aholidan samolyotning qismlarini ko`rishsa, ularga tegmasliklarini, aksincha ularni topgach polisiyaga qo`ng`iroq qilishlarini so`ramoqda. 

    Boshqa yangiliklar