AsosiyDunyo

Bayden AQShda 5 kunlik motam e`lon qildi

'Bayden AQShda 5 kunlik motam e`lon qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirusdan vafot etgan 500 ming amerikalik uchun besh kunlik motam e`lon qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi ma`lum qildi, uning nutqi Oq uyning tvitterida joylashtirildi, deya yozmoqda lenta.ru nashri.

Ma`lum qilinishicha, davlat rahbari quyosh botganda marhumlarning xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etadi, shamlar yoqadi va nutq so`zlaydi. Mamlakatda besh kun davomida davlat bayroqlari tushiriladi.

Jons Xopkins Universitetining so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlarda koronavirus infeksiyasi tufayli yuzaga kelgan asoratlardan o`lganlar soni 500 071 nafarga etdi. Mamlakatda jami 28 174 133 yuqtirish holatlari aniqlandi.

Avvalroq AQShda koronavirus qurbonlari soni Ikkinchi Jahon urushi (291 ming), Koreya urushi (47,4 ming) va Vetnam urushida (33,7 ming) mamlakatning yo`qotishlar sonidan ko`p bo`lganligi taxmin qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar