Rossiya poytaxti Moskva shahrida havo harorati minus 24 darajadan ham pastlagan, deb xabar beradi "Meteonovosti" portaliga tayanib UzA.
"23 fevralga o`tar kechasi Moskva osmoni antisiklon tufayli ochiq bo`lgan. Ertalab soat ettiga yaqin xarorat minus 24,1 darajagacha pastlagan. Bu joriy yilgi qishning eng sovuq kuni sifatida qayd etildi. Bundan avval eng ayozli kun 18 yanvarda kuzatilgan edi. O`sha kuni harorat minus 23,6 darajani ko`rsatgan", - deyiladi xabarda.
Moskva viloyatida harorat minus 30 darajagacha tushgani aytilmoqda.