AsosiyDunyo

Xitoy qashshoqlik ustidan g`alaba qozondi

'Xitoy qashshoqlik ustidan g`alaba qozondi'ning rasmi

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatda qashshoqlik to`liq bartaraf etilganini e`lon qildi, deya xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.

Oxirgi 8 yil ichida Xitoyda qishloq xo`jaliklarida istiqomat qiluvchi deyarli 100 mln aholi qashshoqlikdan darajasidan olib chiqildi.

Xabarga ko`ra, Xitoy bunday natijaga ijtimoiy dasturlar va investisiyalar orqali erishdi. Xitoy hukumati bunday dasturlar uchun ajratiladigan mablag`larni yildan-yilga oshirdi va so`nggi 8 yil ichida ijtimoiy dasturlar uchun jami 246 mlrd dollar sarfladi.

So`nggi 40 yil ichida Xitoy qishloqlarida yashovchi 770 mln aholi qashshoqlik darajasidan chiqdi. Si Szinpinning ta`kidlashicha, Xitoy ushbu rejasini BMT dasturida belgilanganidan 10 yil ertaroq amalga oshirishga erishdi.

Xitoy standartlariga ko`ra, yillik daromadi 2300 yuandan (340 dollar) kam bo`lgan insonlar qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotgan hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar