AsosiyShou-biznes

Tamila: “Menga o`xshaydigan qizni topib, tasvirga tushirib tarqatib yuborishgan”

“Darakchi” gazetasi jurnalisti Sadoqat Allaberganova xonanda Tamila bilan tarqalgan behayo videoroliklari yuzasidan suhbatlashdi.

Tamilla, tarqalgan videolarni qanday izohlaysiz?

— Bilasizmi, meni sha`nimga shunchalar ko`p e`tiroz, tanqilar yog`ildi-ku, oxiri ko`rinmayapti. Lekin ikkita videodagi qiz ham men emasman. Bu menda xusumati bor odamlarning ishi, deb bilaman. Xuddi menga o`xshaydigan qizni topib, tasvirga tushirib tarqatib yuborishgan.

Lekin saytlardan biriga bergan izohingizda xonada tushirilgan videodagi o`zingiz ekaningizni tan olganingiz yozilgan-ku?!

— Siz nazarda tutgan videolar menga ham telegram orqali etib kelgandi. O`sha kuni sayyod.com saytidan blogger Sardor Komilov qo`ng`iroq qilib, “2 ta videodagi sizmi?” deb so`radi va nima haqda gapirayotganini tushuntirmadi. O`zining loyihalaridagi videolarni nazarda tutayotgandir degan o`yda “ha bittasidagi menman”, deganman. Ochig`i, o`sha damda nima bo`layotganini tushunmay turgandim.

Instagramdagi shaxsiy sahifangizni nomini o`zgartirib, rasmlaringizni o`chirib tashlashingizga ham yuqoridagi voqealar sababmi?

— Shaxsiy sahifam nomini o`zgartirganim yo`q, uni o`chirib tashladim. Endi ijtimoiy tarmoqlarda yo`qman.

— Lekin TAMILLAOFFICIAL nomi bilan instagramda shaxsiy sahifa ochilgan va unda muloqot davom etmoqda-ku?

— Yo`q, u ham men emasman!

Tarqalgan videolardagi qiz siz bo`lmasangiz, unda nima sabab “O`zbeknavo” tomonidan lisenziyangiz bekor qilindi?!

— Buni ulardan o`zim iltimos qildim va meni bezovta qilmasliklarini so`radim. Videolarni ekspertizaga topshirib, behayo harakatlar qilgan qiz men emasligim va bu qabih ishga kim qo`l urganini bilish niyatidaman.

Demak, san`atni butunlay tark etdingiz-a?

— Ha! Chunki odamlarning men haqimdagi salbiy fikrlari ko`nglimga og`ir botyapti.

— Qozog`istonga ko`chib ketganingiz ham rostmi?

— Balki kimgadir meni Qozog`istonga chiqarib yuborish osondek tuyulgandir. Hech qaerga ko`chib ketish niyatim yo`q. Shou-biznesda kimgadir yoqmay qolgan ko`rinaman…

Eslatib o`tamiz, xonanda Tamila ishtirokidagi behayo videoroliklar tarqalganidan so`ng, uning prodyuseri xonanda bilan tuzilgan shartnomani tugatgan, "O`zbeknavo" esa o`z navbatida xonandaga berilgan lisenziyani bekor qilgan, birozdan so`ng esa Tamilaning Qozog`istonga ko`chib ketgani haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi. Shundan so`ng Tamila ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga audio murojaat yo`llab, unda hech qaerga qochib ketmaganini aytgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar