Mazkur musobaqada deputatlar, Oliy Majlis Senati a`zolari hamda xodimlari “Oliy Majlis Senati Raisi kubogi” uchun bahslashadilar.
Bugun, 26 fevral kuni start beriladi. Ushbu musobaqa 3 bosqichda tashkil etilib, unda erkaklar mini-futbol va voleybol bo`yicha, ayollar esa badminton bo`yicha o`zaro musobaqalashadi. Musobaqa dasturidan o`rin olgan stol tennisi bahslarida erkak va ayollar ishtirok etadi.
Musobaqaning hududiy bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo`ladi. G`olib va sovrindorlar Oliy Majlis Senati Raisining kubogi, medal, diplom, shuningdek Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda homiy tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishadi.
Ushu musobaqalarni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad – deputatlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug`ullanishlarini ta`minlash va sog`lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.
Senat tomonidan ushbu musobaqalarning hududiy bosqichlarini o`tkazish grafigi ishlab chiqilgan. Quyida musobaqa jadvali bilan tanishishingiz mumkin:






