Jons Hopkins universiteti bergan ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 2 506 344 kishiga etdi.
O`lim soni bo`yicha birinchi o`rinda AQSh (508 114), ikkinchi o`rinda Braziliya (251 498), uchinchi o`rinda Meksika (182 815) turadi. Undan keyin Hindiston, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Rossiya.
Umumiy qilib olganda dunyoda 112,9 mln kishi koronavirusni yuqtirgan.






