AsosiyJAMIYAT

«Bunyodkor» mahallasidagi viloyat hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor bo`ldi

Prezident Namangan viloyatiga tashrifi chog`ida Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga...

'«Bunyodkor» mahallasidagi viloyat hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor bo`ldi'ning rasmi

Prezident Namangan viloyatiga tashrifi chog`ida Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga tashrifidan so`ng viloyat hokimi ushbu mahalla aholisi bilan uchrashib, «Bunyodkor» mahallasiga ko`chib o`tishini ma`lum qilgan edi.

«Har kuni shu erda, sizlarga qo`shni bo`laman. Uyim mahalla idorasining ro`parasida joylashadi. Bugun shu erga konteyner o`rnatiladi va unga «viloyat hokimining uyi» deb yozib qo`yiladi», degan edi Shavkatjon Abdurazzaqov aholi bilan uchrashuvda.

«Xalq so`zi» tahririyati hokim vaqtincha yashash uchun ko`chib o`tadigan «viloyat hokimining uyi» suratlarini e`lon qildi.

Rasmlardan ko`rinib turibdiki, barcha qulayliklarga ega konteyner o`rnatilib, uning atrofi devor bilan o`ralgan, darvoza qilinib uy hovlisiga fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham qurilmoqda.

Boshqa yangiliklar