AsosiyDunyo

Shveysariyada koronavirusga qarshi emlangan 16 kishi vafot etdi

'Shveysariyada koronavirusga qarshi emlangan 16 kishi vafot etdi'ning rasmi

Shveysariyaning Terapevtik mahsulotlar agentligi Swissmedic  koronavirusga qarshi emlashdan so`ng yuzaga kelgan nojo`ya hodisalar to`g`risida 364 ta xabarnomani ko`rib chiqdi. Kuzatuvlar asosida emlashdan keyin 16 kishi o`lgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Shveysariya hukumati veb-saytida kecha, 26 fevral kuni e`lon qilindi.

"24 fevral holatiga ko`ra Swissmedic Shveysariyada COVID-19-ga qarshi emlash bilan bog`liq salbiy ta`sirlar bo`yicha jami 364 da`voni tahlil qildi". Ushbu bildirishnomalarning - 199 tasi AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Comirnaty vaksinasini qabul qilganlardan va 154 tasi Amerikaning Moderna vaksinasini qabul qilganlardan kelib tushgan.

95 holatda, tibbiy nuqtai nazardan "jiddiy" oqibatlar yuzaga kelgan. Bu esa, emlanganlarni kasalxonaga yotqizishni talab qiladi. Bunday nojo`ya ta`sirli holatlarda COVID-19 bilan bog`liq allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok tufayli bosh og`rig`ining yuzaga kelishi kuzatilmoqda. Ushbu 95 holatning 16 tasida bemorlar vafot etgan. Vafot etganlarning aksariyati koronavirusga qarshi emlashdan oldin jiddiy kasalliklarga, xususan, yurak-qon tomir va o`pka kasalliklariga chalingan.

"Bu o`limlarga emlash sabab bo`lganiga hech qanday dalil yo`q", - deyiladi  Swissmedic-da. Shu munosabat bilan agentlik "COVID-19 dan olingan vaksinalarning ijobiy ta`siri,  xavfi va foydasi" ni baholashda biror narsani o`zgartirmoqchi emas.

Ma`lumot uchun, Shveysariya epidemiyaning ikkinchi to`lqinini 2020 yil iyun oyi oxiridan beri boshdan kechirmoqda. 4 va 5 noyabr kunlari eng yuqori ko`rsatkichlardan so`ng, bir kunda 10 mingdan ortiq yuqish holatlari qayd etilgan. Pandemiya boshlanganidan beri Shveysariyada 554 932 kishi kasallikka chalingan, shulardan 9 271 bemor vafot etdi.

O`tgan yilning 23 dekabridan aholi emlana boshlandi. Faqat ikkita vaksina tasdiqlangan: Pfizer / BioNTech va Moderna. Bugungi kunga qadar 751 009 ta emlash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, 221,259 kishi yoki mamlakat aholisining 2,6% i vaksinaning ikkala zarur dozasini olgan.

    Boshqa yangiliklar