Antarktidadan 1270 kvadrat metrlik yirik aysberg maydoni ajralib chiqdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Antarktida xizmatiga tayanib Korrespondent xabar berdi.
Aysberg Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi joylashgan Brant shelf muzliklaridan ajralib chiqqan. Muzlikning qalinligi 150 metrga teng.
Bu erda 10 yil oldin katta yoriqlar paydo bo`lgan edi. 26 fevral kuni eng oxirgi qism ham ajralib, 1270 kvadrat kilometrlik aysberg hosil bo`ldi.
Olimlarning fikriga ko`ra, u qit`adan uzoqlashishi yoki erga tushishi va muzlik yonida qolishi mumkin.






