Kecha, 1 mart kuni erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo`yicha O`zbekiston sport delegasiyasi a`zolari Ukrainaning Kiev shahrida o`tkazilgan xalqaro turnirdan yorug` yuz bilan qaytib kelishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportiga kelib qo`ngan g`olib sportchilarimizni O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi, sportchilarning oila a`zolari va yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
O`z tarixida yigirmanchi marta tashkil etilgan ushbu musobaqada erkin kurashchilarimiz 2ta oltin, bitta kumush, 3ta bronza, yunon-rum kurashi ustalari esa 5ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. Hamyurtlarimizdan G`ulomjon Abdullaev hamda Ilyas Bekbulatov erkin kurash bo`yicha o`z vazn toifalaridan shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilishdi.




