1

“Elparvar” va "Yolg`on girdobi" filmlarining namoyishi bo`lib o`tdi

Madaniyat 02.03.2021, 11:44
“Elparvar” va "Yolg`on girdobi" filmlarining namoyishi bo`lib o`tdi

Bir necha kundan buyon “O`zbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan oliy ta`lim muassasalarida badiiy filmlar namoyishi o`tkazilmoqda.  “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan, kuni kecha ham O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent farmasevtika instituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarida Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan badiiy filmlarning navbatdagi namoyishlari bo`lib o`tdi. Unda  “Elparvar” va “Yolg`on girdobi” badiiy filmlari talabalar uchun taqdim etildi.

Namoyishda qatnashgan talaba-yoshlar  o`zbek kino san`atidagi o`zgarishlarni e`tirof etib, tashkilotchilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1