Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Evropa bo`limi rahbari Xans Klyuge Evropada, shu jumladan, Bolqon yarim orolida koronavirus bilan kasallanish yana ko`payganini e`lon qildi. Bu haqda ria.ru yozdi.
"Fevral oyining boshidan beri Evropa mintaqasida COVID-19 bilan kasallanish kamayganidan so`ng, Markaziy va Sharqiy Evropa va Bolqonda uning qayta ko`payayotganining birinchi alomatlari paydo bo`ldi", - deb yozdi Kluge o`zining tvitterida.
Unga ko`ra, so`nggi 24 soat ichida dunyodagi eng ko`p COVID-19 yuqtirgan o`nta mamlakatdan to`rttasi Evropa mintaqasida joylashgan. Shu munosabat bilan Kluge virus yuqishini oldini olish choralarini ko`rish zarurligini e`lon qildi.
Ma`lumot uchun: 2020 yil 11 martda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 ni pandemiya deb e`lon qilgan.






