2 mart kuni Belorussiyadagi sudlardan biri jurnalist Kasiarina Barisevichni olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Barisevich namoyishlar paytida o`ldirilgan shaxs haqidagi shaxsiy ma`lumotlarni oshkor qilganlikda ayblangan. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Tut.by onlayn yangiliklar portalining muxbiri Kasiarina Barisevich noyabr oyidan beri hibsda saqlanib kelinayotgandi. U prezidentga qarshi namoyishlarda qatnashganlardan biri Raman Bandarenkaning hukumat hujjalatlarida ko`rsatilganidek emas, balki og`ir jarohatlardan vafot etganligi haqida xabar bergani uchun qamoqqa olingan.
Bandarenka 12-noyabr kuni bosh miya va tanasidagi boshqa jarohatlar sabab kasalxonada vafot etgan. Lukashenkoning muxolifatchilari esa Bandarenko Belorussiya poytaxti Minskda bo`lib o`tgan namoyishlar paytida polisiya tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklanganini da`vo qildi. Bandarenkaning o`limi jamoatchilikning g`azabiga sabab bo`ldi va namoyishlarni yanada kuchaytirdi.
Seshanba kuni Minskning Moskovskiy tuman sudi Barisevichni olti oylik qamoq va 1100 AQShdollariga teng jarimaga hukm qildi. Shuningdek, Bandarenkani davolagan va u haqdagi tibbiy ma`lumotlarini Barisevichga bergan shifokor Artyom Sarokinga ham ikki yillik shartli qamoq jazosi tayinlandi va unga 550 dollar jarima solindi.
Belorussiya Jurnalistlar uyushmasi sudning ushbu hukmini hukumatning mustaqil ommaviy axborot vositalarining ovozini o`chirishga qaratilgan harakatlardan biri sifatida qoraladi.
«Rasmiylar jurnalistlarga qarshi misli ko`rilmagan repressiyalarni boshladilar, ba`zilarini qamoqqa tashladilar, boshqalarni qo`rqitdilar va mamlakatdan chiqarib yubordilar» dedi Jurnalistlar uyushmasi rahbari Andrey Bastunes.