1

Toshkentda "Ovozsiz filmlar festivali" bo`lib o`tadi

Madaniyat 04.03.2021, 12:38
Toshkentda "Ovozsiz filmlar festivali" bo`lib o`tadi

Joriy yilning 10-14 mart kunlari Yoshlar ijod saroyida «O`zbekkino» MA va Gyote instituti hamkorligida  «Ovozsiz filmlar festivali» o`tkaziladi. Bu haqda   “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur festivalda o`zbek va nemis kinosining ovozsiz klassik filmlaridan namunalar namoyish etiladi. Filmlar «Safo» guruhining jonli ijrodagi musiqalari jo`rligida havola qilinadi.  

Festivalning ilk kuni Gyote institutida “Respublika kinofondi” DUK direktori Eljon Abbasov va  kinoshunos Nigora Karimovalar ishtirokida «Kinolektoriy» hujjatli media loyihasining taqdimoti o`tkaziladi.

Festival dasturidan "O`lim minorasi", "Shahzoda Ahmadning sarguzashtlari" va "Moxov" filmlari o`rin olgan.  

Seanslarga kirish bepul.  

️Chiptalar va boshqa ma`lumotlar bo`yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: (97) 4551768

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1