1

Ulug`bek Rustamov: “Muqimiy ilmli va xalqparvar inson bo`lgan"

Madaniyat 04.03.2021, 16:23
Ulug`bek Rustamov: “Muqimiy ilmli va xalqparvar inson bo`lgan"

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm”  DUK tomonidan Fotih Jalolov rejissyorligida "Muqimiy" tarixiy-badiiy filmining tasvirga olish ishlari yakunlanib, hozirda premeraga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Bu  haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Filmda Muqimiy obrazini yaratgan yosh, mahoratli aktyor Ulug`bek Rustamov qahramoni haqida  gapirib berdi:

– Har bir aktyorda tarixiy asarda ishlash, tarixiy obraz yaratish orzusi bo`ladi. Menda ham shunday niyat bor edi va nihoyat orzuyim amalga oshdi.

Ochig`i, avval Muqimiy shaxsi va hayoti haqida to`liq ma`lumotga ega emasdim. Film suratga olina boshlagach, obraz ustida ishlash jarayoni biroz qiyin kechdi,  ammo suratga olish jarayonlari vaqtida qahramonim haqida ko`p ma`lumotlarga ega bo`ldim. Muqimiy mohir xattot bo`lish bilan birga, xokisor, ilmli, xalqparvar inson va xalq ma`naviyati, ma`rifati uchun kurashgan, umrini ezgu amallarga bag`ishlagan shaxs bo`lgan. Filmda uning shaxsi va xarakteri ochib beriladi.

Tez kunlarda namoyishi kutilayotgan "Muqimiy" filmida rollarni Behzod Hamroev, Adiz Rajabov, Marjona Umjonova, Nargiza Matkarimova, Ma`rifat Ortiqova, Gulruh Pirnazarova, Ulug`bek Rustamov va boshqalar ijro etishgan.

Film postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, ssenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov, liboslar bo`yicha rassom Anastasiya Reym, kompozitor Toir Qo`ziev, kartina direktori Shahnoza Sirojiddinova.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1