AsosiySport

Pike «Barselona» safidan chiqdi

'Pike «Barselona» safidan chiqdi'ning rasmi

«Barselona» klubi himoyachisi Jerar Pike Ispaniya kubogi yarimfinali doirasidagi «Sevilya»ga (3:0) qarshi bahsda jarohat olgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Jerar Pike bugun, 4 mart payshanba kuni tibbiy tekshiruvdan o`tgach, uning o`ng oyoq paylari shikastlangani ma`lum bo`ldi» - deyiladi xabarda. Futbolchining safga qachon qaytishi ma`lum qilinmagan.

Eslatib o`tamiz, Pike jamoasini finalga chiqishi yo`lidagi muhim goliga mualliflik qilgan bo`lsa-da, goldan keyin maydonda oqsoqlanib yurgandi.

Avvalroq, 34 yoshli himoyachi jarohati sababli qariyb uch oy maydonga tusha olmagandi.

    Boshqa yangiliklar