1

Meni «Titanik»ka qabul qilishgani aqlbovar qilmas voqea bo`lgan — Keyt Uinslet

Madaniyat 04.03.2021, 20:51
Meni «Titanik»ka qabul qilishgani aqlbovar qilmas voqea bo`lgan — Keyt Uinslet

Britaniyalik  aktrisa Keyt Uinslet "Los Angeles Times"  nashriga bergan intervyusida Gollivuddagi karerasi boshlanmasidan tugashiga sal qolganini aytib berdi.

Aktrisaning aytishicha, rejissyor Jeyms Kemeron "Titanik" uchun nega aynan uni tanlaganiga hayron bo`lgan. Aktrisalikning ilk qadamlarida uni kastinglarga chaqirishavermagan. Chunki uning familiyasi alifbo bo`yicha ro`yxatning oxirida bo`lgan.

"Bu hayotimdagi birinchi  amerikalik  ayol rolini o`ynashim edi. Bundan tashqari, partnyorim Leonardo Di Kaprio edi. Semiz va oddiygina qiz bo`lganman. Familiyam ham  "W" (Winslet) harfi bilan boshlangani uchun kasting tugul, uning eshigigacha etib borolmasdim. Ammo «Titanik»ka qabul qilishgani aqlbovar qilmas voqea bo`ldi», - deya eslaydi aktrisa.

Keyt Uinslet "Titanik"dan keyingi qo`rquv sabab ancha vaqtgacha Gollivud filmlarida o`ynamadi.  Gollivud u uchun qo`rqinchli joy bo`lib tuyulardi, u erda hamma  sarvqomat bo`lishi shartdek edi go`yo.  

Keyt Uinslet  etti marta "Oskar" mukofotiga  nomzod etib ko`rsatilgan bo`lsa, 2009 yil «The reader» filmidagi roli uchun ushbu mukofotni qo`lga kiritgan.

Hozir u  Jeyms Kemeronning yangi – 2022 yilda ekranlarga  chiqishi kutilayotgan "Avatar" filmining ikkinchi qismida bosh rolni ijro etmoqda.

"O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1