1

Ijodkor talabalar filmlarga jalb etiladi

Madaniyat 05.03.2021, 08:46
Ijodkor talabalar filmlarga jalb etiladi

“O`zbekkino” Milliy agentligi ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, ijodkor talabalar bilan uchrashdi. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar bermoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish Bayoni”ga muvofiq, Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab filmlarni ishlab chiqarish uchun institutda turli yo`nalishda tahsil olayotgan ijodkor talabalar hamkorlikka chaqirildi.  

Institut Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Eldor Shermonov, “Ovoz rejissyorligi va operator mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo`ziev hamda ijodkor talabalar bilan yangi filmlar bo`yicha suhbatlar olib borildi. “O`zbekkino” MAda har yili an`anaviy tarzda o`tkaziladigan “Debyut” ijodkor yoshlar kinofestivalining bu yilgi filmlari davlat mustaqiligining 30 yillik bayramiga bag`ishlanadi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1