1

Xonanda Gulbahor Erqulovaning ikkinchi marta “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangani haqidagi xabarlarga vazirlik munosabat bildirdi

Madaniyat 05.03.2021, 08:51
Xonanda Gulbahor Erqulovaning ikkinchi marta “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangani haqidagi xabarlarga vazirlik munosabat bildirdi

Kecha, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko`ra bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlanganligi e`lon qilindi.

Farmonga ko`ra, xonanda Gulbahor Erqulova ham davlatimizning yuksak “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan.  

Mazkur xabar ortidan internet tarmoqlarida Gulbahor Erqulova bu orden bilan ikkinchi bor mukofotlanganligi haqida muhokamalar paydo bo`ldi. Holatga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. 

"Xonanda Gulbahor Erqulova “Do`stlik” ordeni bilan ikkinchi bor mukofotlanganligi xususidagi bahs-munozaralar asossiz ekanligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1