AsosiyMadaniyat

“Sabot” filmi Markaziy Osiyoda namoyish etiladi

'“Sabot” filmi  Markaziy Osiyoda  namoyish etiladi'ning rasmi

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan “Sabot” badiiy filmi  Markaziy Osiyo kinosining uch kunlik onlayn-namoyishlarida  ishtirok etadi.

Mazkur namoyishlar Navro`z  bayrami arafasi 21 mart kuni Belgiyaning  "BOZAR" san`at markazi tomonidan o`tkaziladi.

Tomoshabinlarni film rejissyorlar bilan tanishtirish uchun kinotanqidchi  va Markaziy Osiyo kinosi bo`yicha ekspert Birgi Boymers ZOOM konferensiyasi 4 mart kuni to`rt rejissyor Sharipa Urazbaeva (Qozog`iston), Rashid Malikov (O`zbekiston), Elizaveta Stishova (Qirg`iziston) va Safar Xakdodov (Tojikiston) bilan suhbatlashdi.

"O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar