1

“Ayol madhiyasi” ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi

Madaniyat 05.03.2021, 21:42
“Ayol madhiyasi” ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi

Bugun Yoshlar ijod saroyida taniqli o`zbek rassomi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Baxtiyor Nazarovning ayollarga bag`ishlangan "Ayol madhiyasi" nomli ko`rgazmasining ochilish marosimi o`tkazildi.  

Marosimda O`zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi Akmal  Nuritdinov, akademik Vladimir Burmakin, san`atshunos  Elmira Axmedova shuningdek, soha mutaxassislari, jurnalistlar va turli yoshdagi san`at ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Mazkur ko`rgazmadan rassom tomonidan yaratilgan ayollarning portretlari o`rin olgan.  

Bugungi ko`rgazmada sanat ixlosmandlari rassomning betakror ijod yo`li, undagi ayol obraziga bo`lgan yondashuvning nozik qirralari haqida iliq fikrlar bildirishdi.  

"O`zbekkino" Milliy agentligi,  O`zbekiston Badiiy Akademiyasi  hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko`rgazma 11 martgacha davom etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1