Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida 2021 yil 3 mart kuni «Nexia» halokatga uchrab, yonib ketgan va voqea joyida uch yigit halok bo`lgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, soat 04:45 atrofida, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB navbatchilik qismiga hodisa haqida xabar kelib tushgan. Unga ko`ra, G`uzor tumani hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan M-39 Toshkent–Termiz avtomobil yo`lining 1240 kilometrida, Termiz–Toshkent yo`nalishida 22 yoshli haydovchi P.Z «Nexia»ni boshqarib kelayotib, boshqaruvni yo`qotgan. Oqibatda yo`lni ikkiga ajratib turuvchi beton to`siqqa urilib, avtomobilda yong`in kelib chiqqan.

Oqibatda haydovchi P.Z. va uning avtomobilida bo`lgan yo`lovchilar, T.A. va B.B. voqea joyida yong`indan kuyib vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan G`uzor tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






