1

Toshkentda yosh dizaynerlarning 150 ga yaqin liboslar kolleksiyasi namoyish etildi

Madaniyat 07.03.2021, 23:34
Teglar: Ko`rgazma
Toshkentda yosh dizaynerlarning 150 ga yaqin liboslar kolleksiyasi namoyish etildi

Poytaxtimizdagi Tasviriy san`at galereyasida Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining «Liboslar dizayni» yo`nalishi talaba- qizlarining ijodiy ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu haqda UzA muxbiri xabar bermoqda.

Ko`rgazmani Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining rektori J.Kudaybergenov ochdi. Bu erda yosh dizaynerlarning 150 ga yaqin ishi namoyish qilindi.

Jonli musiqa sadolari ostida namoyish etilgan turli mavzudagi liboslar turkumi mehmonlarni go`yo ertaklar olamiga sayohatga chorladi. Yorqin ranglar, did bilan yaratilgan liboslar barchaning e`tiborini tortdi. Ayniqsa, zamonaviy uslub bilan uyg`unlashtirilgan milliy liboslarimiz kolleksiyasi barchani hayratga soldi. Biz talabalarning O`zbekistonda moda sanoatiga o`z hissasini qo`shishiga ishonamiz.

Ko`rgazmada namoyish etilgan liboslar Libos dizayni kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan baholab borildi.

–Bugun institutimizning “Fashion dizayn” yo`nalishida tahsil olayotgan 1-2 kurs talabalarining ko`rgazmasini tashkillashtirdik, –deydi Yodju texnika institutining «Fashon dizayn» yo`nalishi rahbari Fotima Azimova. – E`tiborli jihati, talabani baholashning bu usuli talaba uchun ham, biz uchun ham qiziqroq. Albatta, bu kabi ko`rgazmalar talabalarni ruhlantirib, g`ayrioddiy va yangi dizayndagi liboslarni yaratishga turtki beradi. Baholashda birinchi navbatda g`oyalarga, liboslar matolariga, ranglariga, liboslar aksessuarlariga e`tibor berilmoqda. Bu talabalarimizning yarim yakuniy ishi hisoblanadi.  

–Bizga asosan arxitektura, kino, romantika yo`nalishi asosida liboslar yaratilishi topshirig`i berilgan edi, –deydi Yodju texnika institutining «Fashon dizayn» yo`nalishi 2- kurs talabasi Fazilat Yormuhammedova. – Men kino yo`nalishini tanladim va bugungi ko`rgazmada "Bogi Egipta" kinosidan ilhomlangan holda o`sha zamon xudolarini yaratishga harakat qildim. Bu kolleksiyada 9 xil libos yaratdim. Mening kolleksiyamda liboslardan ko`ra, aksessuarlarga ko`proq ahamiyat berilgan. Institutimiz rahbariyatidan juda minnatdormiz. Bizga yaratib berilgan mana shunday sharoitlar o`z ustimizda yanada ko`proq ishlashga undaydi.

Sharhlar

Samarqandda avtomobil butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo`yicha doimiy ko`rgazma ochdi

12.11.2019, 22:59

Bugun “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK servis va dilerlik markazida  (Samarqand viloyati, Jomboy sh.) “Yuk avtomobillari, avtobuslar, osma va tirkama texnika butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo`yicha mahalliy...
​Akademik Mirzaev nomidagi institutda harbiy texnikalar ko`rgazmasi bir hafta davom etadi

10.05.2017, 16:42

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi akademik M. Mirzaev nomidagi bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIda harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko`rgazmasi bir hafta davom etadi, deb xabar beradi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1