AsosiyJamiyat

Endilikda "Oqtau-Urganch-Oqtau" yo`nalishi bo`yicha doimiy aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi

'Endilikda "Oqtau-Urganch-Oqtau" yo`nalishi bo`yicha doimiy aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

"Oqtau-Urganch-Oqtau" yo`nalishi bo`yicha Qozog`istonning "SCAT" aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-300 rusumidagi havo kemasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 7.00da Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi.  Bu haqda "Uzbekistan airports" AJ Axborot  xizmati xabar berdi.

Oqtau shahridan 7 nafar yo`lovchini vohaga keltirgan samolyot Aeroport rahbariyati, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat Transport boshqarmasi, viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan yomg`irli favvora yordamida tantanali kutib olindi.  

Mutaxassislar fikricha, mazkur aviaqatnov endilikda haftaning dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.  

Ma`lumot o`rnida: samolyot soat 8.00da 145 nafar yo`lovchini olib, yana o`z manzili tomon parvoz qildi.

Boshqa yangiliklar