AsosiyJamiyat

Andijondagi choyxonada giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo`lgan chet el fuqarolari qo`lga olindi

'Andijondagi choyxonada giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo`lgan chet el fuqarolari qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 5 mart kuni soat 18:00 larda 36 yoshli Elyorbek M.,  Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi 48 yoshli Umar R., bilan Asaka tumani “Kujgan” MFY., hududida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 18 000 AQSh dollar evaziga 1.830 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlandi. Ularni Oltinko`l tumani “Jalabek” MFY., hududida joylashgan choyxonada 52 yoshli Xasanboy Ya., Rossiya Federasiyasi fuqarosi 36 yoshli Muhiddin M.,lar kutib o`tirganliklari aniqlanib, yonlaridan chiqqan jami 0.78 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Umar R., Elyorbek R., Muhiddin M., va Xasanboy Ya.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Gihyovandlik vositalarini o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda. 

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar