«Chimyon» mahallasi aholisi uchun yangi zamonaviy dam olish maskani barpo etiladi. Bu haqda Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi ma`lum qildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan Mirzo Ulug`bek tumanidagi mahallalarda o`rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan o`rganishlar jarayonida «Chimyon» mahallasidagi asosiy ko`cha, ya`ni aholi gavjum va dam olishi uchun etarlicha sharoitlar mavjud bo`lmagan hudud tanlab olindi. (Ushbu hududda belgilanmagan joylarga axlat tashlanishi oqibatida qarovsiz holatga kelib qolar edi).
Bugun ta`mirlash ishlari boshlangan hududda 450 metrni tashkil etadi. Unda bolalar maydonchalari, avtoturargoh, kattalar va qariyalar uchun dam olish joylari, maxsus dam olish o`rindiqlar, velosipedchilar uchun yo`laklar, yangi yoritish chiroqlari o`rnatiladi.
Shu o`rinda hududdagi hech bir daraxtga ziyon etkazilmaydi va maxsus chiqindi tashlash shoxobchalari ham joylashtiriladi.