10 mart kuni Mirobod va Yangihayot tumanlarining ayrim manzilgohlarida vaqtincha gaz ta`minoti to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Mirobod va Yangihayot tumanlaridagi gaz quvurlarida ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, ayrim manzilgohlarda gaz ta`minoti to`xtatiladi.
Mirobod tumanida soat 09:00 dan 18:00 gacha:
— "Parvona" MFYda;
Yangihayot tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha:
— Birlik ko`chasida.
Ta`mirlash ishlaridan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.