Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensasiyasini to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror loyihasi bilan Milliy gvardiya organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensasiyasini to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash ko`rsatilgan.
Nizom orqali Milliy gvardiya organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensasiyasi to`lash miqdori va tartibi belgilab berilgan.
Unga ko`ra, pul kompensasiyasi (kommunal to`lovlar bundan mustasno) Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to`lanadi.
Oila a`zolari uch kishi va undan ortiq bo`lgan taqdirda (xodimni o`zini hisobga olmagan holda) ushbu pul kompensasiyasi miqdorlari
50 foizga oshiriladi. Bunda xodimning xizmatni o`tash joyiga kelgan oila a`zolari: turmush o`rtog`i, farzandlari va ota – onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila a`zolari deb e`tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.