Yunusobod tumanida aholidan kommunal to`lovlar uchun undirilgan mablag`larni o`zlashtirgan XUJMSh rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.Q.” XUJMSh rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, 2020 yil va joriy yilning fevral oyiga qadar uy-joy mulkdorlaridan badal to`lovi, issiq suv va issiqlik energiyasi ta`minoti hamda avtoturargoh uchun undirilgan 288,3 mln so`mni bank muassasasiga topshirmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.