AsosiyJamiyat

7 marta qoida buzgan haydovchi jazolandi

'7 marta qoida buzgan haydovchi jazolandi'ning rasmi

7 marta qoida buzgan xaydovchiga chora ko`rildi. Bu haqda MIB Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.

Byuroning M.Ulug`bek tuman bo`limi ishi yurituvida, Toshkent shahar IIBB YXXB tomonidan qarzdor U.Berdievadan davlat foydasiga bo`lim ish yurituvga kelib tushgan jami 7 ta  qoidabuzilishidan  2.676.000 so`mlik ma`muriy jarimalar undirish to`g`risidagi, hamda  Mirobod tumani Ma`muriy sudining 23.11.2020 yildagi qaroriga asosan, qarzdor U.Berdievadan undiruvchi E.Szen foydasiga 4.244.738 so`m avtotransport natijasida etkazilgan zararni undirish to`g`risidagi ijro varaqalar ijrosini ta`minlash maqsadida, bo`lim davlat ijrochisi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to`g`risida qaror qabul qilinib, qarzdorga 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. 

Qarzdor ixtiyoriy muddatda ma`muriy jarima summasi va undiruvchiga etkazilgan zarar pullarini o`z vaqtida to`lamagan. Qarzdor U.Berdieva bo`lim davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, xech qanday uzrli sabablarni ko`rsatmasdan ijro harakatlarini bajarishga qarshilik ko`rsatib kelgan.  

Shu sababli, bo`lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan Qonunning 82-moddasiga asosan, eng kam oylik ish haqining o`n besh barobari miqdorida jarima tayinlangan. Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so`rovnomalar yuborilgan va olingan javob xatlariga ko`ra, qarzdor U.Berdievaning nomida mulkiy xuquq asosida “MATIZ BEST” avtotransport vositasi mavjudligi aniqlanib, bo`lim davlat ijrochisi Z.Inoyatova tomonidan jami 6.920.738 so`mlik qarzdorlikni qoplash maqsadida xatlanib, jarima maydonchasiga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar