AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 10-mart kuni Islomobodda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Pokiston Bosh vaziri Imron Xonga yo`llangan maktubini etkazdi.

Muzokaralar chog`ida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O`zbekiston-Pokiston munosabatlarini yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda Afg`oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga alohida e`tibor qaratildi.  

Shu nuqtayi nazardan, Afg`oniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo`lini amalga oshirish yuzasidan o`zaro hamkorlik to`g`risida fikr almashildi. Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi. O`z navbatida esa O`zbekiston bilan Pokiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo o`rtasidagi o`zaro savdo hajmini oshirishga imkon beradi.

Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar