AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning uchta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning uchta viloyatida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo bulutli, ba`zida ochiq bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 12-14° iliqgacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliqdan ko`tarilmaydi.

    Boshqa yangiliklar