1

Samarqandda bayram kuni mehmonga borgan kuyov qaynotasi va uning ukasini pichoqladi

Jamiyat 11.03.2021, 08:43
Samarqandda bayram kuni mehmonga borgan kuyov qaynotasi va uning ukasini pichoqladi

2021 yil 8 mart kuni Kattaqo`rg`on shahri “Oq oltin” mahallasida yashovchi Q.B. qaynotasinikiga mehmonga borib, spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda o`zaro kelib chiqqan janjal davomida qaynotasi va uning ukasini oshxona pichog`i bilan urib tan jarohati etkazgan. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shunga ko`ra, Samarqand viloyati prokurori R.Masharipov, viloyat IIB boshlig`i Sh.Raxmonov, Kattaqo`rg`on shahar hokimi, sektorlar hamda korxona tashkilot rahbarlari, jinoyat sodir etgan fuqaro hamda mahalla faollari ishtirokida ushbu jinoyatining muhokamasi o`tkazildi.

Dastlab shahar IIB Tergov bo`limi boshlig`i tomonidan sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha etkazildi.

Viloyat IIB boshlig`i har bir fuqaro bunday salbiy holatlarni sodir bo`lishiga tomoshabin bo`lib emas, balki uni oldini olishga harakat qilishi, mahallada bo`layotgan noxush holatlarga barcha mas`uliyatni xis etgan holda yondoshishi lozimligi to`g`risida fikr bildirdi.

Muhokamada ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs, uning yaqinlari hamda jabrlanuvchi tarafga  ham so`z berildi.

Viloyat prokurori tomonidan bir insonga qasddan zarar etkazishning oqibatlari, fuqarolarni bir-birlariga mehr-oqibatli bo`lib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta`kidlandi.

Muhokama yig`ilishi yakunida tuman hududida bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo`l qo`ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1