“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ijod” studiyasi tomonidan O`zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov haqida film yaratilmoqda.
“Baxtiyor Ixtiyorov: Meni maftun qilgan ertaklar” deb nomlangan ikki qismli mazkur hujjatli film “Vatan timsoli” turkum filmlaridan biri.
Unda O`zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.
Film ssenariy mualliflari Jo`rabek Ro`zmetov va Dilshod Salomov, postanovkachi rejissyor Jo`rabek Ro`zmetov, postanovkachi operator Iqbol Meliqo`ziev, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiev.
Filmida Ubaydulla Omon, Muhammadjon Rafiqov, Xayrulla Sa`diev, Elyor Eshmuhammedov, Murod Rajabovlarning intervyularidan foydalanilgan. Filmning s`yomka jarayonlari Buxoro viloyati va Toshkent shahrida bo`lib o`tmoqda.