1

Bloger Otabek Sattoriyga sakkizta ayblov qo`yildi

Jamiyat 11.03.2021, 16:25
Teglar: Otabek Sattoriy
Bloger Otabek Sattoriyga sakkizta ayblov qo`yildi

Avvalroq, hibsga olingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo`yicha sud jarayoni boshlangani haqida xabar bergan edik. 

O`zbekiston Milliy axborot agentligining xabar berishicha, bugun, 11 mart kuni Surxondaryo viloyatida Jinoyat ishlari bo`yicha Muzrabot tumani sudida Otabek Sattoriy Abdumannonzoda xususida sud ishi ko`rilmoqda.

Mazkur sud ishida bloger Otabek Sattoriy xususida quyidagi ayblovlar o`qib eshittirildi:

1. Joriy yilning 29 yanvar kuni Sherobod tumani «Qo`rg`on» mahallasida yashovchi tumandagi «Chinora Gul Baraka» MChJ rahbari L.To`raevning viloyat IIBga bergan arizasiga binoan 30 yanvar kuni viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan O.Sattoriyga nisbatan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Natijada O.Sattoriy qiymati 5 mln. so`mlik «Vivo-X50» telefon apparatini arizachidan olayotgan vaqtida qo`lga olingan.

30 yanvar kuni O.Sattoriyga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan 220001-2021-1-sonli jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

2. O.Sattoriy «Termizshahargaz» ta`minoti bo`limida «Suyultirilgan gaz» xizmati boshlig`i bo`lib ishlovchi To`xtamish Ko`charovni shaharning «Guliston» mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatilishi holati video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga 1.500.000 so`m berishini talab qilgan.

3. «Hududgazta`minot» AJ Surxondaryo viloyati filiali direktor o`rinbosari bo`lib ishlovchi O`tkir Turdievni «Hududgazta`minot» AJ Surxondaryo viloyati filialining shahar va tuman bo`limlaridagi aholiga gaz ballonlar tarqatilishida va boshqa salbiy holatlar yuzasidan tayyorlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 10.000 AQSh dollari berishini talab qilgan.

4. «Hududgazta`minot» AJ Denov tumani bo`limi haydovchisi Ashur Xudoyqulovni tumanning «Shaxrinav» mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatish videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga undan 200 AQSh dollari berishini talab qilgan.

5. «Hududgazta`minot» AJ Boysun tumani bo`limi haydovchisi Zokirjon Xursanovni tumanning «Chilonzor» mahallasiga suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga tarqatayotgan holat videomateriallarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga undan 200 AQSh dollari so`ragani bo`yicha O.Sattoriyga nisbatan O`zR JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

6. O.Sattoriy 2020 yilning iyun oyida Termiz shahar "Istiqlol" ko`chasida ko`p qavatli uylar qurilishini amalga oshirayotgan «Termiz eko ekspress loyiha» MChJ rahbari To`lqin Shopo`latov hamda Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdievdan, shahar hududida va qurilish sohasidagi salbiy holatlarni video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga chiqarish bilan tahdid qilib, onasi X.Islomovaning nomiga rasmiylashtirilgan Termiz shahar "Salomatlik" ko`chasidagi 1-uy va singlisi S.Sattoriy nomiga rasmiylashtirilgan 1 A-uylarning buzilishi natijasida to`lab berilgan 234.835.000 so`m pullar evaziga shahar hududidan yangi qurilayotgan ko`p qavatli uylardan 2 ta (narxi 352 mln. so`m bo`lgan 2 xonali va 431 mln. so`m bo`lgan 3 xonali) xonadonni rasmiylashtirib berishni talab qilib, «Termiz eko ekspress loyiha» MChJ tomonidan "Istiqlol" ko`chasi 6-uydan 2 va 3 xonali xonadonlarni o`zining nomiga rasmiylashtirishga erishgan.

Bu holatda 245.165.000 so`mni ko`rsatilgan xonadonlar uchun MChJ hisob raqamidan tovlamachilik yo`li bilan to`lov qildirgan hamda shartnomada ko`rsatilmagan 304 mln. so`m pullarni (jami 549.165.000 so`m) esa shahar hokimi I.Xudoyberdiev to`lashiga majbur qilgan. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi tomonidan O.Sattoriyga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi O`zbekiston Respublikasi JKning 165-modda 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

7. Termiz shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali kadrlar bo`limi boshlig`i Mastona Ahmedova bilan avvalda ziddiyatda bo`lib kelgan Sabohat Ravshanova orqali M.Ahmedovaga nisbatan sharmanda qiluvchi soxta hamda asossiz ma`lumotlar asosida videomaterial tayyorlagan.

8. Davlat xizmatlari agentligi Denov tumani Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo`limi xodimi Nasiba Narboeva bilan avvaldan ziddiyatda bo`lib vaqtincha ishsiz, Saodat Vohidova orqali N.Narboevaning o`z xizmat burchini bajarish bilan bog`liq vaziyatda uni pora olganlikda ayblab, tuhmat va haqoratdan iborat bo`lgan videoroliklar tayyorlab, ularni «Telegram» messenjeri va «Facebook» ijtimoiy tarmog`idagi «Xalq fikri» guruh va kanallariga joylashtirganligi holati yuzasidan 24 fevral kuni O.Sattoriyga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari va 140-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan qo`shimcha ayblovlar kiritilgan.

"Ochiq sud majlisida jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etmoqda. Jabrlanuvchilar fikrlari tinglanmoqda. Ayblanuvchi esa ayblovlarni rad etmoqda. Ayni paytda ham ochiq sud majlisi to`xtagani yo`q",–deya xabar bermoqda O`zA.

Sharhlar

Surxondaryoda Otabek Sattoriy ishi Samarqand viloyat sudining apellyasiya sudlov hay`ati tomonidan ko`rib chiqildi

29.06.2021, 16:29

29 iyun kuni soat 11.00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi O. Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyasiya instansiyasida ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni bo`lib...
Otabek Sattoriy ishi Samarqand viloyati sudida davom ettiriladi

14.06.2021, 17:57

 Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishini apellyasiya instansiyasida ko`rish advokatning shikoyatiga asosan Samarqand viloyati sudiga o`tkazilgan. Bu haqda O`zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov...
Otabek Sattoriy ishi bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi. Bloger 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

10.05.2021, 17:41

2021 yil 10 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Muzrabot tuman sudida Otabek Sattoriy (1980 yilda Termiz shahrida tug`ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug`ullanadi, muqaddam sudlanmagan) ga...
Otabek Sattoriy ishi bo`yicha so`nggi sud: blogerga 11 yil qamoq jazosi so`ralmoqda

04.05.2021, 17:14

Bugun, 4 may kuni jinoyat ishlari bo`yicha Muzrabot tuman sudida bloger Otabek Sattoriy ishi bo`yicha sudning so`nggi muhokamasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1