O`zbekiston va Qirg`iziston ustav kapitali 50 million dollar bo`lgan investisiya jamg`armasini yaratadi, keyinchalik uni 200 million dollarga etkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Qirg`iziston bosh vazirining o`rinbosari, moliya va iqtisodiyot vaziri Ulukbek Karmishakov so`zlarini keltirmoqda gazeta.uz.
Sardor Umurzoqovning ta`kidlashicha, yaratilayotgan jamg`arma ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik rivojlanishining katalizatoriga aylanadi.
"Investisiya jamg`armasi bir qator yangi qo`shma loyihalarni, birinchi navbatda, sanoat kooperasiyasi sohasida qo`llab-quvvatlaydi. "Bu bugun biz foydalanishimiz kerak bo`lgan o`sish nuqtasidir",– dedi Bosh vazir o`rinbosari.