AsosiyJamiyat

O`zbekiston – Qirg`iziston forumida 20 ga yaqin hujjat imzolandi

'O`zbekiston – Qirg`iziston forumida 20 ga yaqin hujjat imzolandi'ning rasmi

Avvalroq, Toshkentda O`zbekiston-Qirg`iziston biznes-forumi va birinchi ishbilarmonlar kengashining yig`ilishi haqida xabar bergan edik. 

O`zbekiston — Qirg`iziston biznes forumi va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig`ilishi yakuniga etdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

"Anjuman ishini olib borgan mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov so`nggi yillarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini ta`kidlarkan, bu borada Savdo-sanoat palatalari ishtiroki ham muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi. Shuningdek, hududlararo kooperasiya aloqalarini yo`lga qo`yish, sanoat kooperasiyasini takomillashtirish, tovar va xizmatlarning o`zaro savdosi uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha ishlarni davom ettirish zarurligiga e`tibor qaratdi.

Mas`ul vazirlik va idoralar vakillari O`zbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan mehmonlarni tanishtirish maqsadida maxsus taqdimot materiallarini namoyish etishdi.

Forum davomida 20 dan ortiq sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o`z mahsulotlari va xizmatlarini hamkorlik qilish istagida bo`lgan hamkorlarga ko`rsatib, o`z faoliyatlarining afzal tomonlari, ustuvor jihatlari bo`yicha fikr almashdilar.

Biznes forumi va Ishbilarmonlar kengashi yig`ilishi yakunida qishloq xo`jaligi, qurilish, turizm, logistika, xizmat ko`rsatish hamda to`qimachilik sohalarining 10 dan ortiq yo`nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o`rtasida qizg`in muzokaralar o`tkazilib, bir qator hamkorlik to`g`risidagi kelishuvlar imzolandi",–deyiladi O`zA axborotida.

Boshqa yangiliklar